Hamkor uchun

Hamkorlik qo'llanmasi

Manzil jalb qilish, egasini biriktirish, ulush pog'onalari va hamkor hamyonidan pul yechish.

1. Boshlash

Manzili UZ — O'zbekistondagi tadbirkorlar, do'konlar va xizmat ko'rsatuvchilarning manzillari jamlangan katalog.

Ilova qayerda ochiladi

Ilova Telegram ichida ishlaydi — alohida dastur o'rnatish shart emas. Yagona rasmiy manzil:

@manziliuzbot

Boshqa botlar Manzili UZ nomidan ish ko'rsa — ular rasmiy emas. Telefon raqamingizni faqat @manziliuzbot ga ulashing.

Ro'yxatdan o'tish — 3 qadam

  1. 1

    Telefon raqamni ulashing

    Tasdiqlash Telegram orqali o'tadi — SMS kod kerak emas. Faqat O'zbekiston raqamlari (+998) qabul qilinadi.

  2. 2

    Taxallus, viloyat va tuman

    Taxallus (username) tanlaysiz, so'ng hududingizni belgilaysiz. Tuman ro'yxati tanlangan viloyatga qarab to'ldiriladi.

  3. 3

    Parol

    Kamida 6 belgi, harf va raqam aralash. Parolni takrorlaysiz — hisob tayyor.

2. Hamkor rejimi

Hamkor — tizim bo'ylab ishlaydigan sherik: tadbirkorni topib, uning manzilini o'zi kiritadi va shu manzil to'lagan xizmat haqidan ulush oladi. Rejim admin tasdig'i bilan ochiladi: Profil → Status so'rovi → Hamkor, so'rovda qaysi viloyat uchun ishlashingizni ko'rsatasiz. Javob bildirishnoma orqali keladi.

Manzil kiritish — 7 qadam

Qadam Nima kiritiladi
1. Manzil egasi Egasining telefon raqami va «Tekshirish». Egasi ilovada allaqachon ro'yxatdan o'tgan bo'lishi shart — topilmaguncha keyingi qadam ochilmaydi. Uning o'rniga ro'yxatdan o'tib bermaysiz.
2. Hudud Viloyat va tuman.
3. Sektor va toifa Manzil nima bilan shug'ullanadi.
4. Asosiy ma'lumot Nomi, tavsifi, xizmat va tovarlar.
5. Aloqa Telefon, ijtimoiy tarmoq, joylashuv nuqtasi.
6. Rasmlar Rasm va video.
7. Ulushingiz Pog'onalardan birini tanlaysiz (pastdagi jadval). Tanlov admin tasdig'iga yuboriladi.

Navbatdagi manzil. Kiritilgan manzil avval «navbatda» turadi va hech kimga ko'rinmaydi. Siz unga egasini biriktirganingizdan keyingina u egasining ro'yxatiga tushadi — nofaol holatda, tarifni va to'lovni egasining o'zi tanlaydi.

Muddat — 30 kun. Navbatdagi yozuvda «N kun qoldi» ko'rsatiladi. Muddat ichida egasi biriktirilmasa yozuv o'chib ketadi, mehnatingiz esa behuda bo'ladi — shuning uchun raqamni oldindan tekshirib qo'ying.

Ulush pog'onalari

Foiz qancha katta bo'lsa, muddat shuncha qisqa. Eng yuqorisi bir oy davom etadi, eng pastkisi — 5 % va u 5 yil ishlaydi; shundan keyin ulush butunlay tugaydi.

Ulush Qancha davom etadi
80 %1 oy
65 %2 oy
50 %3 oy
25 %6 oy — yarim yil
10 %12 oy — 1 yil
5 %60 oy — 5 yil

Muddat tugagach ulush o'zidan keyingi pastroq pog'onaga tushadi: 80 % → 65 % → 50 % → 25 % → 10 % → 5 %, so'ng tugaydi — jami 6 yil 10 oy. Pog'onalar ro'yxati o'zgarishi mumkin — manzil kiritayotganda oxirgi qadamda amaldagi ro'yxat ko'rsatiladi.

Hamkor hamyoni va pul yechish

Ulush alohida hamyonda

Hamkor balansi oddiy balansdan butunlay ajratilgan. Manzil to'lovidan tushgan ulush faqat shu yerga tushadi va manzil uchun sarflanmaydi — ya'ni ulushingizni bilmasdan ishlatib yuborolmaysiz.

Mavjud va bloklangan

Pul yechish so'rovi yuborilgan summa bloklanadi: «Mavjud» = balans − so'rovlardagi summa. Shuning uchun bitta pulni ikki marta so'rab bo'lmaydi.

Pul yechish. «Daromad» bo'limida summani kiritib so'rov qoldirasiz. Admin uni bank orqali qo'lda yuboradi va so'rovni «to'landi» qiladi. Holati o'sha ro'yxatda ko'rinadi: Kutilmoqda · To'landi · Bekor qilingan.

Hamkor bo'limlari

Boshqaruv

Balans, kutilayotgan manzillar va so'nggi daromad — bir ekranda.

Manzillar

Navbatdagilar va qabul qilinganlar; egasini biriktirish shu yerda.

Daromad

Hisoblangan ulushlar, pul yechish so'rovlari va holati.

Hisobot

Ulush sxemalari: qaysi manzilga necha foiz, muddati va tasdiq holati.

3. Maqomlar: Tadbirkor, Bisnes, Hamkor

Tadbirkor

Yakka tartibdagi tadbirkor (YaTT). Rejim hamma uchun ochiq — so'rov yozish shart emas.

Bisnes

Yuridik shaxs (MCHJ). Ko'p xodimli boshqaruv va shartnoma imkoniyati. Admin tasdiqlaydi.

Hamkor

Tizim bo'ylab hamkorlik: manzil jalb qilib, xizmat haqidan ulush olasiz. Admin tasdiqlaydi.

Maqom so'rovini Profil bo'limidan yuborasiz. Javob bildirishnoma orqali keladi. Tasdiqlangach ilovada yangi bo'limlar ochiladi.

4. Profil va xavfsizlik

Shaxsiy ma'lumotlar

Ism, familiya, tug'ilgan sana, manzil. Shifrlangan holda saqlanadi.

Tanlanganlar

Saqlagan manzillaringiz ro'yxati.

Ko'rishlar tarixi

Oxirgi ochgan manzillaringiz.

Sozlamalar

Xavfsizlik (parol, telefon), sessiyalar, rang rejimi va bildirishnomalar.

Kelgan transferlar

Sizga taklif qilingan manzil egaliklari — qabul qilasiz yoki rad etasiz.

Ommaviy oferta

Xizmatdan foydalanish shartlari.

Taklif va murojaat

Savol, taklif yoki shikoyatni shu yerdan yuborasiz.

Xavfsizlik

Parol va telefon raqamni o'zgartirish

Sozlamalar → Xavfsizlik bo'limida. Telefon almashtirishda tasdiqlash talab qilinadi.

Sessiyalar

Hisobingizga kirilgan barcha qurilmalar ro'yxati — qurilma nomi, kirish vaqti va IP bilan. Notanish qurilmani ko'rsangiz, sessiyani darhol yoping — o'sha qurilmadagi kirish shu zahoti bekor bo'ladi.

Har bir sessiya qurilmaga bog'langan. Kimdir tokeningizni o'g'irlab boshqa qurilmadan ishlatmoqchi bo'lsa — kirish rad etiladi.

Telefon ham, Telegram ham yo'qolsa — hisobni tiklash

Eski SIM ham, eski Telegram akkaunt ham qolmagan bo'lsa, hisob ko'chirilmaydi — eski hisobning telefon raqami almashtiriladi. Balans, to'lov tarixi, manzillar va reyting o'z joyida qoladi.

  1. Yangi raqamda oddiy tartibda ro'yxatdan o'tasiz.
  2. Profil → Hisobni tiklash: eski raqam va dalillarni yuborasiz.
  3. 72 soat kutish davri — eski egaga ogohlantirish boradi va u bir bosishda bekor qila oladi.
  4. Admin dalillarni tekshiradi (to'lov tarixi, manzil aloqa raqami) va tasdiqlaydi.
  5. Tasdiqlangach barcha eski sessiyalar bekor qilinadi.

Tiklashdan keyin 14 kun davomida pul chiqarish va manzil egaligini o'tkazish bloklanadi — manzil qo'shish va boshqarish esa to'liq ochiq.

5. Balans va to'lov

Manzil uchun to'lov balansdan yechiladi. Avval balansni to'ldirasiz.

Balansni to'ldirish

Profil → Balans bo'limidan. Mavjud usullar:

Paynet — qadam-baqadam ↓ Payme Click Hamkorbank Telegram to'lovlari

Ba'zi usullar hali sinov bosqichida bo'lishi mumkin — u holda ular ro'yxatda ko'rinmaydi. Barcha to'lovlar Profil → Balans → tarix bo'limida qoladi.

Muzlatilgan pul (rezerv) — nima uchun kerak

Manzilni faollashtirganingizda tarif summasi balansingizda muzlatiladi — yechib olinmaydi, lekin boshqa narsaga ishlatib bo'lmaydi.

Xizmat haqi shu muzlatilgan puldan olinadi — har kuni emas, bir marta: manzilni nofaol qilganingizda yoki muddat tugaganda. Balansingizda «Balans: 50 000 (30 000 muzlatilgan)» ko'rinishida chiqadi.

Manzilni muddat tugashidan oldin faolsizlantirsangiz — qolgan muzlatilgan pul balansga qaytadi.

1000 ta ko'rishgacha bepul

Yangi manzil bepul bosqichda ishlaydi: 1000 ta noyob ko'rishgacha pul umuman yechilmaydi. Chegara to'lgach to'lov boshlanadi.

Bepul bosqichda ham tarif summasi muzlatiladi — chegara to'lgan zahoti to'lov uzilmasin.

Xizmat haqi — bir marta

Haq har kuni emas, bir marta olinadi: manzilni nofaol qilganingizda yoki muddat tugaganda. To'liq oy ishlagan bo'lsa aynan oylik tarif, erta to'xtatsangiz — faqat ishlagan kunlaringiz uchun.

Muddat tugaganda balansda pul bo'lsa manzil avtomatik uzaytiriladi; pul yetmasa nofaol bo'ladi va sizga xabar keladi.

Pul qaytarish formulasi

Manzil ham, reklama ham bir xil qoida bo'yicha hisoblanadi:

qolgan  = tugash sanasi − bugun

pul     = narx × qolgan / muddat

Ya'ni ishlatilmagan kunlar puli qaytariladi. Muddat tugagan bo'lsa qaytariladigan pul bo'lmaydi.

6. Paynet orqali balansni to'ldirish

Paynet'da onlayn to'lov havolasi yo'q — siz Paynet ilovasida yoki terminalda ManziliUz xizmatini topib, o'z ID raqamingizni kiritasiz. Quyida oltita qadam ketma-ket ko'rsatilgan.

Avval ID raqamingizni oling

Manzili ilovasida Profil → Balans bo'limini oching — yuqorida ID : #1234 ko'rinishida turadi, yonidagi tugma bilan nusxa olasiz. Paynet'dagi «ID raqam» maydoniga aynan shu raqam yoziladi.

Telefon raqamingizni kiritsangiz ham topiladi, lekin ID ishonchliroq — raqam almashsa ham o'zgarmaydi.

Paynet: To'lov bo'limi Paynet: ManziliUz xizmatini qidirish Paynet: ID raqamni kiritish Paynet: karta va summa Paynet: to'lovni tasdiqlash Paynet: to'lov tafsilotlari

Rasmni yonga suring · qadamlarni yuqoriga suring

    To'lovdan oldin tekshiring

    Tasdiqlash ekranidagi «Ma'lumotlarni ko'rish» tugmasi taxallus va telefon raqamni ko'rsatadi — o'zingizniki ekaniga ishonch hosil qiling. Xato ID kiritilsa pul boshqa hisobga tushadi.

    Pul qachon tushadi

    To'lov tasdiqlangach balans darhol to'ladi. Kechiksa, Manzili ilovasidagi Profil → Balans → tarix bo'limini tekshiring; yozuv ko'rinmasa chek raqami bilan murojaat qiling.

    7. Maxfiylik va ma'lumot

    Ma'lumot faqat ilovada

    Manzilning to'liq ma'lumoti — telefon, aniq joylashuv, butun media — faqat ilovada ko'rinadi. Internetdagi ochiq sahifada faqat nom, toifa va hudud ko'rsatiladi. Bu ma'lumotlaringizni ommaviy yig'ib olishdan himoya qiladi.

    Shaxsiy ma'lumotlar shifrlanadi

    Ism, familiya, tug'ilgan sana va manzil kabi ma'lumotlar shifrlangan holda saqlanadi — har foydalanuvchi uchun alohida kalit bilan.

    Telefon raqam berkitiladi

    Raqamingiz tizimdan tashqariga chiqadigan joylarda maskalanadi — masalan to'lov ilovasida +998 ** *** 5080 ko'rinishida.

    8. Ko'p beriladigan savollar

    Manzilim qidiruvda topilmayapti — nima qilay?

    Ketma-ket tekshiring:

    1. Hudud tugmasi — qidirayotgan hududingiz to'g'rimi?

    2. Manzil faolmi? Boshqaruv panelida holati ko'rinadi.

    3. Balans yetarlimi? Pul tugasa manzil nofaol bo'ladi.

    4. Manzil ko'rikdan o'tganmi?

    Balansdagi pulim nega «muzlatilgan»?

    Bu — faol manzilingiz uchun ajratib qo'yilgan tarif summasi. U yo'qolmaydi: xizmat haqi undan bir marta olinadi (nofaol qilganingizda yoki muddat tugaganda), qolgani esa balansga qaytadi. Batafsil — Balans va to'lov bo'limida.

    Manzilni o'chirib yubordim, qaytarib bo'ladimi?

    Ha. O'chirilgan manzil 90 kun davomida Axlatdonda turadi — Boshqaruv → Axlatdon bo'limidan tiklaysiz.

    Yangi manzil uchun darrov pul to'lashim kerakmi?

    Yo'q. 1000 ta ko'rishgacha bepul — bu bosqichda pul umuman yechilmaydi. Chegara to'lgach to'lov o'sha kundan boshlanadi, oy boshidan emas.

    Salbiy izohni o'chira olamanmi?

    Izoh o'chirilmaydi — faqat yashiriladi, oyiga 10 tagacha. Qoidabuzarlik bo'lsa Profil → Taklif va murojaatlar orqali xabar bering.

    Telefonim o'zgardi, hisobim yo'qoladimi?

    Yo'q. Eski raqamga kira olsangiz — Sozlamalar → Xavfsizlik → telefon raqamni o'zgartirish. Kira olmasangiz — hisobni tiklash orqali. Balans va manzillar saqlanadi.

    Bir manzilni bir nechta hududda ko'rsatsa bo'ladimi?

    Ha — Biznes (Toshkent shahrida Biznes+) va Maksimal tariflarida. Maksimal tarifi bundan tashqari bir nechta toifada ko'rinishga ham ruxsat beradi.

    Hisobimga notanish qurilma kirgan bo'lsa?

    Profil → Sozlamalar → Sessiyalar bo'limidan o'sha sessiyani yoping — kirish darhol bekor bo'ladi. So'ng parolni o'zgartiring.

    9. Atamalar lug'ati

    ManzilKatalogdagi bitta yozuv — do'kon, kafe, ustaxona yoki xizmat ko'rsatuvchi.
    Toifa / SektorManzillar guruhi. Sektor — katta yo'nalish, toifa — uning ichidagi turkum.
    TarifManzilga nima sig'ishini va oylik narxni belgilaydigan reja.
    RezervFaol manzil uchun balansda muzlatilgan pul.
    Bepul bosqichYangi manzilning dastlabki 1000 ta ko'rishi — pul yechilmaydi.
    AxlatdonO'chirilgan manzillar 90 kun saqlanadigan joy.
    TadbirkorYakka tartibdagi tadbirkor (YaTT).
    BisnesYuridik shaxs (MCHJ) — ko'p xodimli boshqaruv.
    HamkorTizim bo'ylab hamkor — jalb qilgan manzilidan ulush oladi.
    XodimBitta manzil ichidagi cheklangan huquqli foydalanuvchi.

    Savolingizga javob topmadingizmi?

    Ilovadagi Profil → Taklif va murojaatlar orqali yozing — yoki to'g'ridan-to'g'ri bog'laning.