1. Boshlash
Manzili UZ — O'zbekistondagi tadbirkorlar, do'konlar va xizmat ko'rsatuvchilarning manzillari jamlangan katalog.
Ilova qayerda ochiladi
Ilova Telegram ichida ishlaydi — alohida dastur o'rnatish shart emas. Yagona rasmiy manzil:
@manziliuzbotBoshqa botlar Manzili UZ nomidan ish ko'rsa — ular rasmiy emas. Telefon raqamingizni faqat @manziliuzbot ga ulashing.
Ro'yxatdan o'tish — 3 qadam
-
1
Telefon raqamni ulashing
Tasdiqlash Telegram orqali o'tadi — SMS kod kerak emas. Faqat O'zbekiston raqamlari (+998) qabul qilinadi.
-
2
Taxallus, viloyat va tuman
Taxallus (username) tanlaysiz, so'ng hududingizni belgilaysiz. Tuman ro'yxati tanlangan viloyatga qarab to'ldiriladi.
-
3
Parol
Kamida 6 belgi, harf va raqam aralash. Parolni takrorlaysiz — hisob tayyor.
2. Ilova bilan tanishuv
Kirishdan tortib tadbirkor rejimigacha — butun ilova bir qarashda. Kadrlar o'zi almashadi, qadam ustiga bossangiz o'sha yerga o'tadi. Har bo'limning tafsiloti pastda alohida yozilgan.
Rasmni yonga suring · qadamlarni yuqoriga suring Qadam ustiga bossangiz — o'sha yerga o'tadi
3. Bosh sahifa va hudud
Pastki menyu 5 ta bo'limdan iborat: Reklama · Xarita · Asosiy · Toifalar · Profil.
Bosh sahifada nima bor
- • Yuqorida — toifalar lentasi
- • Top manzillar — eng ko'p ko'rilganlar
- • Eng yaxshi manzillar — reyting bo'yicha
- • Tavsiya etilgan — tanlab ko'rsatilganlar
Hudud tugmasi — eng muhimi
O'ng yuqoridagi hudud tugmasi butun ilovaga ta'sir qiladi: bosh sahifa, toifalar, qidiruv va xarita — hammasi shu hudud bo'yicha filtrlanadi.
Manzil topilmayotgan bo'lsa — birinchi navbatda shu tugmani tekshiring.
4. Qidiruv, filtr va toifalar
Qidiruv
Qidiruv maydoniga 3 ta belgidan boshlab yozsangiz, mos manzillar va toifalar darhol chiqa boshlaydi. Yozayotganingizda ro'yxat o'zi yangilanadi.
Qidiruv doirasi
Qaysi maydonlar bo'yicha qidirilishini tanlaysiz:
- • Nom
- • Tavsif
- • Heshteg
- • Xizmat va tovar nomlari
Filtr
- • Hudud (viloyat va tuman)
- • Toifa va turkum
- • Faqat telefoni borlar
- • Faqat rasmi borlar
- • Faqat joylashuvi belgilanganlar
Toifalar
Toifalar sektorlarga bo'lingan. Har toifa yonidagi raqam — shu hududdagi manzillar soni. Nol bo'lsa, bu toifada hozircha manzil yo'q.
5. Xarita
Manzillar joylashuvi bo'yicha ko'rinadi.
Toifa bo'yicha filtr
Yuqoridagi tugmalar bilan faqat kerakli toifani qoldirasiz.
Masshtab va joylashuv
O'ngdagi tugmalar bilan yaqinlashtirasiz yoki o'z joylashuvingizga qaytasiz.
Belgini bosish
Manzil sahifasi to'g'ridan-to'g'ri ochiladi.
6. Manzil sahifasi
Manzil haqidagi hamma narsa shu sahifada.
Aloqa
Telefonni bossangiz — qo'ng'iroq ketadi. Email va havolalar nusxalanadi yoki ochiladi.
Yo'nalish olish
«Xaritada ko'rish» tugmasi — Google Maps, Yandex, Apple Maps yoki 2GIS da yo'nalish ochiladi.
Ish vaqti
Bugungi holat darhol ko'rinadi. «Boshqa kunlar» tugmasi haftalik jadvalni ochadi. Ba'zi manzillar 24/7 ishlaydi.
Media
Rasm va videolar. Rasmni bosish to'liq ekranli ko'rinishni ochadi.
Ulashish
Yuqori o'ngdagi tugma manzil havolasini beradi. Havolani ochgan odam ilovada shu manzilni ko'radi.
Saqlash
Yurakcha tugmasi manzilni Tanlanganlar ga qo'shadi — Profil bo'limidan topasiz.
7. Izoh va baho
Manzilga baho (yulduzcha) qo'yish va izoh yozish mumkin. Manzil reytingi shu baholardan hisoblanadi.
Izoh o'chirilmaydi
Manzil egasi izohni faqat yashira oladi — o'chira olmaydi. Yashirish oyiga 10 tagacha cheklangan. Bu salbiy izohlarni ommaviy tozalashning oldini oladi.
Izoh yozish uchun profil to'liq bo'lishi kerak (ism va familiya kiritilgan bo'lsin).
8. Profil va xavfsizlik
Shaxsiy ma'lumotlar
Ism, familiya, tug'ilgan sana, manzil. Shifrlangan holda saqlanadi.
Tanlanganlar
Saqlagan manzillaringiz ro'yxati.
Ko'rishlar tarixi
Oxirgi ochgan manzillaringiz.
Sozlamalar
Xavfsizlik (parol, telefon), sessiyalar, rang rejimi va bildirishnomalar.
Kelgan transferlar
Sizga taklif qilingan manzil egaliklari — qabul qilasiz yoki rad etasiz.
Ommaviy oferta
Xizmatdan foydalanish shartlari.
Taklif va murojaat
Savol, taklif yoki shikoyatni shu yerdan yuborasiz.
Xavfsizlik
Parol va telefon raqamni o'zgartirish
Sozlamalar → Xavfsizlik bo'limida. Telefon almashtirishda tasdiqlash talab qilinadi.
Sessiyalar
Hisobingizga kirilgan barcha qurilmalar ro'yxati — qurilma nomi, kirish vaqti va IP bilan. Notanish qurilmani ko'rsangiz, sessiyani darhol yoping — o'sha qurilmadagi kirish shu zahoti bekor bo'ladi.
Har bir sessiya qurilmaga bog'langan. Kimdir tokeningizni o'g'irlab boshqa qurilmadan ishlatmoqchi bo'lsa — kirish rad etiladi.
Telefon ham, Telegram ham yo'qolsa — hisobni tiklash
Eski SIM ham, eski Telegram akkaunt ham qolmagan bo'lsa, hisob ko'chirilmaydi — eski hisobning telefon raqami almashtiriladi. Balans, to'lov tarixi, manzillar va reyting o'z joyida qoladi.
- Yangi raqamda oddiy tartibda ro'yxatdan o'tasiz.
- Profil → Hisobni tiklash: eski raqam va dalillarni yuborasiz.
- 72 soat kutish davri — eski egaga ogohlantirish boradi va u bir bosishda bekor qila oladi.
- Admin dalillarni tekshiradi (to'lov tarixi, manzil aloqa raqami) va tasdiqlaydi.
- Tasdiqlangach barcha eski sessiyalar bekor qilinadi.
Tiklashdan keyin 14 kun davomida pul chiqarish va manzil egaligini o'tkazish bloklanadi — manzil qo'shish va boshqarish esa to'liq ochiq.
9. Balans va to'lov
Manzil uchun to'lov balansdan yechiladi. Avval balansni to'ldirasiz.
Balansni to'ldirish
Profil → Balans bo'limidan. Mavjud usullar:
Ba'zi usullar hali sinov bosqichida bo'lishi mumkin — u holda ular ro'yxatda ko'rinmaydi. Barcha to'lovlar Profil → Balans → tarix bo'limida qoladi.
Muzlatilgan pul (rezerv) — nima uchun kerak
Manzilni faollashtirganingizda tarif summasi balansingizda muzlatiladi — yechib olinmaydi, lekin boshqa narsaga ishlatib bo'lmaydi.
Xizmat haqi shu muzlatilgan puldan olinadi — har kuni emas, bir marta: manzilni nofaol qilganingizda yoki muddat tugaganda. Balansingizda «Balans: 50 000 (30 000 muzlatilgan)» ko'rinishida chiqadi.
Manzilni muddat tugashidan oldin faolsizlantirsangiz — qolgan muzlatilgan pul balansga qaytadi.
1000 ta ko'rishgacha bepul
Yangi manzil bepul bosqichda ishlaydi: 1000 ta noyob ko'rishgacha pul umuman yechilmaydi. Chegara to'lgach to'lov boshlanadi.
Bepul bosqichda ham tarif summasi muzlatiladi — chegara to'lgan zahoti to'lov uzilmasin.
Xizmat haqi — bir marta
Haq har kuni emas, bir marta olinadi: manzilni nofaol qilganingizda yoki muddat tugaganda. To'liq oy ishlagan bo'lsa aynan oylik tarif, erta to'xtatsangiz — faqat ishlagan kunlaringiz uchun.
Muddat tugaganda balansda pul bo'lsa manzil avtomatik uzaytiriladi; pul yetmasa nofaol bo'ladi va sizga xabar keladi.
Pul qaytarish formulasi
Manzil ham, reklama ham bir xil qoida bo'yicha hisoblanadi:
qolgan = tugash sanasi − bugun
pul = narx × qolgan / muddat
Ya'ni ishlatilmagan kunlar puli qaytariladi. Muddat tugagan bo'lsa qaytariladigan pul bo'lmaydi.
10. Paynet orqali balansni to'ldirish
Paynet'da onlayn to'lov havolasi yo'q — siz Paynet ilovasida yoki terminalda ManziliUz xizmatini topib, o'z ID raqamingizni kiritasiz. Quyida oltita qadam ketma-ket ko'rsatilgan.
Avval ID raqamingizni oling
Manzili ilovasida Profil → Balans bo'limini oching — yuqorida ID : #1234 ko'rinishida turadi, yonidagi tugma bilan nusxa olasiz. Paynet'dagi «ID raqam» maydoniga aynan shu raqam yoziladi.
Telefon raqamingizni kiritsangiz ham topiladi, lekin ID ishonchliroq — raqam almashsa ham o'zgarmaydi.
Rasmni yonga suring · qadamlarni yuqoriga suring Qadam ustiga bossangiz — o'sha yerga o'tadi
To'lovdan oldin tekshiring
Tasdiqlash ekranidagi «Ma'lumotlarni ko'rish» tugmasi taxallus va telefon raqamni ko'rsatadi — o'zingizniki ekaniga ishonch hosil qiling. Xato ID kiritilsa pul boshqa hisobga tushadi.
Pul qachon tushadi
To'lov tasdiqlangach balans darhol to'ladi. Kechiksa, Manzili ilovasidagi Profil → Balans → tarix bo'limini tekshiring; yozuv ko'rinmasa chek raqami bilan murojaat qiling.
11. Maxfiylik va ma'lumot
Ma'lumot faqat ilovada
Manzilning to'liq ma'lumoti — telefon, aniq joylashuv, butun media — faqat ilovada ko'rinadi. Internetdagi ochiq sahifada faqat nom, toifa va hudud ko'rsatiladi. Bu ma'lumotlaringizni ommaviy yig'ib olishdan himoya qiladi.
Shaxsiy ma'lumotlar shifrlanadi
Ism, familiya, tug'ilgan sana va manzil kabi ma'lumotlar shifrlangan holda saqlanadi — har foydalanuvchi uchun alohida kalit bilan.
Telefon raqam berkitiladi
Raqamingiz tizimdan tashqariga chiqadigan joylarda maskalanadi — masalan to'lov ilovasida +998 ** *** 5080 ko'rinishida.
12. Ko'p beriladigan savollar
Manzilim qidiruvda topilmayapti — nima qilay?
Ketma-ket tekshiring:
1. Hudud tugmasi — qidirayotgan hududingiz to'g'rimi?
2. Manzil faolmi? Boshqaruv panelida holati ko'rinadi.
3. Balans yetarlimi? Pul tugasa manzil nofaol bo'ladi.
4. Manzil ko'rikdan o'tganmi?
Balansdagi pulim nega «muzlatilgan»?
Bu — faol manzilingiz uchun ajratib qo'yilgan tarif summasi. U yo'qolmaydi: xizmat haqi undan bir marta olinadi (nofaol qilganingizda yoki muddat tugaganda), qolgani esa balansga qaytadi. Batafsil — Balans va to'lov bo'limida.
Manzilni o'chirib yubordim, qaytarib bo'ladimi?
Ha. O'chirilgan manzil 90 kun davomida Axlatdonda turadi — Boshqaruv → Axlatdon bo'limidan tiklaysiz.
Yangi manzil uchun darrov pul to'lashim kerakmi?
Yo'q. 1000 ta ko'rishgacha bepul — bu bosqichda pul umuman yechilmaydi. Chegara to'lgach to'lov o'sha kundan boshlanadi, oy boshidan emas.
Salbiy izohni o'chira olamanmi?
Izoh o'chirilmaydi — faqat yashiriladi, oyiga 10 tagacha. Qoidabuzarlik bo'lsa Profil → Taklif va murojaatlar orqali xabar bering.
Telefonim o'zgardi, hisobim yo'qoladimi?
Yo'q. Eski raqamga kira olsangiz — Sozlamalar → Xavfsizlik → telefon raqamni o'zgartirish. Kira olmasangiz — hisobni tiklash orqali. Balans va manzillar saqlanadi.
Bir manzilni bir nechta hududda ko'rsatsa bo'ladimi?
Ha — Biznes (Toshkent shahrida Biznes+) va Maksimal tariflarida. Maksimal tarifi bundan tashqari bir nechta toifada ko'rinishga ham ruxsat beradi.
Hisobimga notanish qurilma kirgan bo'lsa?
Profil → Sozlamalar → Sessiyalar bo'limidan o'sha sessiyani yoping — kirish darhol bekor bo'ladi. So'ng parolni o'zgartiring.
13. Atamalar lug'ati
| Manzil | Katalogdagi bitta yozuv — do'kon, kafe, ustaxona yoki xizmat ko'rsatuvchi. |
| Toifa / Sektor | Manzillar guruhi. Sektor — katta yo'nalish, toifa — uning ichidagi turkum. |
| Tarif | Manzilga nima sig'ishini va oylik narxni belgilaydigan reja. |
| Rezerv | Faol manzil uchun balansda muzlatilgan pul. |
| Bepul bosqich | Yangi manzilning dastlabki 1000 ta ko'rishi — pul yechilmaydi. |
| Axlatdon | O'chirilgan manzillar 90 kun saqlanadigan joy. |
| Tadbirkor | Yakka tartibdagi tadbirkor (YaTT). |
| Bisnes | Yuridik shaxs (MCHJ) — ko'p xodimli boshqaruv. |
| Hamkor | Tizim bo'ylab hamkor — jalb qilgan manzilidan ulush oladi. |
| Xodim | Bitta manzil ichidagi cheklangan huquqli foydalanuvchi. |
Savolingizga javob topmadingizmi?
Ilovadagi Profil → Taklif va murojaatlar orqali yozing — yoki to'g'ridan-to'g'ri bog'laning.